Turan Shanxay Shenxuaga o'tib 60 mln evro maosh olishga tayyor

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2017, 09:40
Shanxay Shenxua Barselona yarim himoyachisi Arda Turanni o'z safiga qo'shib olishga yaqin.

29 yoshli Turkiya terma jamoasi a'zosi Xitoy klubi bilan 3 yillik shartnoma tuzadi va har yili 20 million evro maosh oladi.

Shanxay Shenxua Barselonaga futbolchi uchun kattagina pul o'tkazadi.

Oldinroq, Guanchjou Evergrand Turanga 3 yillik shartnoma va jami 50 million evro taklif qilgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com