Tunis terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi

Alisher
22 avg 2019, 14:49
Alen Jiress Tunis terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi.

Tunis futbol federatsiyasi 67 yoshli mutaxassis terma jamoadan ketganini e'lon qildi.

Jires terma jamoaga o'tgan yil dekabrda bosh murabbiy etib tayinlangan. Mutaxassis Tunisni shu yil iyul oyida Afrika Kubogi yarim finaliga qadar olib chiqqan edi.

Jiress oldinroq Mali, Senegal, Gabon va Gruziya terma jamoalarida ishlagan.

Eslatib o'tamiz, Jiress Fransiya terma jamoasi bilan Evro-1984da zafar quchgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Reuters