

Birinchi bo'limda muxlislar uchta gol ko'rishdi. Shvedlar safida Ayyari va Isak gol urgan bo'lsa, bo'lim so'nggiga yaqin Rekik hisobni bittaga qisqartirdi. 59-daqiqada tunisliklar himoyachisining qo'pol xatosidan so'ng Viktor Dyokeresh hisobni 3:1 ko'rinishiga keltirdi. Bahsning 86-daqiqasida Mattias Svanberg hisobni yirik ko'rinishga keltirdi. Uchrashuv yakuniga bir necha soniya qolganida esa Yasin Ayari uzoqdan super gol urdi va hisobni yanada yirik ko'rinishga keltirdi. Shu tariqa, uchrashuv 5:1 hisobida yakunlandi.
Shu tariqa, Shvetsiya 1-turdan so'ng 3 ochko to'plagan holda guruhni birinchi o'rnida ketmoqda. Yaponiya va Niderlandiya hisobida 1 tadan ochko bor. Tunis esa 0 ochko bilan turnir jadvalining so'nggi pog'onasida ketmoqda.
JCH-2026. F guruhi. 1-tur
Shvetsiya - Tunis 5:1
Gollar: Yasin Ayari 7, Aleksandr Isak 30',Viktor Dyokeresh 60', Mattias Svanberg 86, 90+6 - Yasin Ayari - Omar Rekik 43'
“Estadio BBVA”, Monterrey, Meksika
Shvetsiya: Nordfeldt, Lagerbilke, Lindelyof, Xin, Gudmundsson, Bernxardsson, Nyugren, Karlstryom, Ayari, Isak, Dyokeresh.
Tunis: Shamax, Abdi, Talbi, Rekik, Valeri, Ben Xamida, Mejbri, Xedira, Skiri, Slimane, Saad.



