

Bu haqida "Evening Standard" xabar qilmoqda. Tomonlar yangi shartnoma bo'yicha o'zaro kelishuvga erishganlar. 18 yoshli irlandiyalik futbolchining "shporlar" bilan tuzilajak yangi bitimi 3 yilga mo'ljallanadi.
Ma'lumot uchun, Perrot Shimoliy Irlandiyaning "Belveder" klubidan xarid qilingan. U 2017 yildan buyon London klubi tizimining a'zosi hisoblanadi.



