Tripper transferi haqidagi ma'lumotni muddatidan oldin tarqatgani uchun 10 hafta diskvalifikaciya qilindi

Eldor Akmurzayev
23 dek 2020, 19:55
“Atletiko” himoyachisi Kiran Tripperga may oyida Angliya futboli assotsiatsiyasi tomonidan ayblov e'lon qilingandi.

Gap shundaki, angliyalik “Tottenxem”dan “Atletiko”ga o'tishidan oldin, transferining aniq summasi (21,7 mln evro) haqidagi ma'lumotni muddatidan oldin tarqatib yuborgan va pul tikish bilan bog'liq qoidalarni buzgan. Bundan esa uning do'sti foydalanib, bukmeker kontoralaridan daromad ko'rgan.

Shu tufayli, futbolchi 10 haftaga diskvalifikaciya qilindi va 70 ming funt jarimaga tortildi.

U “Atletiko”ga bo'lajak 12 o'yinda yordam berolmaydi. Shu bilan birga Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida 23 fevral kuni Madridda o'tadigan “Chelsi”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. Tripper 7 mart kuni “Madrid derbisi”ga qaytishi kutilmoqda.

Avvalroq, shu kabi holat Deniel Starrij bilan sodir bo'lgan. Deniel 2018 yil yanvarida "Sevilya"ga o'tishidan xabar topgan akasi totalizatorga pul qo'yib, yaxshigina summa ishlab olgan. Biroq, keyinchalik bu aniqlanib, Starrij 4 oyga futboldan chetlatilgan va 150 ming funt jarimaga tortilgandi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport