Tripper katta ehtimol yil oxiriga qadar safdan chiqdi. Futbolchining o'mrov suyagida jiddiy muammolar bor

Aslanov Jasurbek
17 noya 2021, 00:01
"Atletiko" himoyachisi Kiran Tripper jarohat olgandi.

"Atletiko Madrid" futbolchisi Kiran Tripper 7 noyabr kuni "Valensiya"ga qarshi o'yinda o'mrov suyagini jarohatlab olgandi.

Marca nashrining ma'lum qilishicha, futbolchining o'mrov suyagidagi shikastlanish og'ir darajada ekanligi ma'lum bo'lgan. Tekshiruvlarga ko'ra, futbolchi 2022 yilgacha maydonga tushishi juda katta so'roq ostida. Shunday qilib,  Tripper katta ehtimol bilan yil so'ngiga qadar safdan chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca