"TransferUz": Turg'unboev "Paxtakor"ni tanlaydimi yoki "Navbahor"da qoladimi?

Aslanov Jasurbek
27 noya 2018, 16:18
Saytimiz xodimi Shahboz Beg'amovning ma'lum qilishicha, "Navbahor" vingeri Aziz Turg'unboev kelasi mavsumni qayerda boshlash haqida o'ylamoqda.

Ayni paytda Turg'unboevning xizmatlariga "Paxtakor" tomonidan jiddiy qiziqish mavjud. Klub allaqachon futbolchi bilan og'zaki muzokaralarni boshlab yuborgan. Biroq futbolchi hali yakuniy qarorga kelgani yo'q. O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yayotgan "Navbahor" rahbariyati esa Turg'unboevni jamoada olib qolish uchun kurashmoqda.

Bu borada Turg'unboevning o'ziga murojaat qildik va futbolchi keyingi faoliyati haqida quyidagi fikrlarni bildirdi:
- "To'g'risi, hali yakuniy qarorga kelganim yo'q. Ayni paytda "Paxtakor" tomonidan qiziqish mavjud. Ammo biz hech qanday kelishuvga erishganimiz yo'q. Shuningdek, "Navbahor" ham meni qo'yib yubormoqchi emas. "Navbahor"da qolamanmi? Hozircha aniq bir narsa deya olmayman. O'ylab ko'rmoqchiman", - dedi Aziz Turg'unboev.


Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" jamoasi o'tgan mavsumda ham mazkur futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirgandi. Ammo yakunda Turg'unboev Namanganda qolishni maqul ko'rgandi. Bu yili esa futbolchi qanday qarorga kelishini yaqin vaqt ichida bilib olamiz. Ayni paytda futbolchi bu borada yaxshilab o'ylab ko'rmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia