"Transfermarkt" eng qimmat erkin agentlarni e'lon qildi. Sevimli klubingizga kimni olib kelgan bo'lardingiz?

Omonjon To`xtamirzayev
3 yanv 2024, 11:55
"Transfermarkt" portali bugungi kunda klubsiz bo'lgan, eng mashhur futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Ushbu ro'yxatning birinchi pog'onasini "Manchester Yunayted" sobiq kiperi David De Xea (8 mln evro) egalladi. Ikkinchi o'rinda uning sobiq jamoadoshi - yarim himoyachi Jessi Lingard (6 mln) bo'lsa, kuchli uchlikni Italiya termasi sobiq futbolchisi Roberto Soriano (1,8 mln) yakunlab berdi.

Nima deb o'ylaysiz, ularning qaysi biri jamoangizni kuchaytira olardi? 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia