Transfermarkt: Eldor Shomurodovning transfer narxi keskin ko'tarildi

Alisher
23 dek 2019
"Rostov" va O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning transfer narxi ko'tarildi.

Transfermarkt e'lon qilgan yangi narxlarga ko'ra, "Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodovning transfer narxi 4 million evroga qimmatlashib, 6,5 million evroni tashkil etmoqda.

Eldor Shomurodov so'zsiz RPLning ushbu mavsumdagi kashfiyotlaridan biri bo'ldi. O'zbekistonlik forvard RPLning dastlabki 12 turida 10ta gol urdi. Ammo, shu yilning oktyarb oyidan buyon Rossiya chempionatida gol urmayapti. Lekin, bu uning narxi o'sishida to'sqinlik qila olmadi. 

Shunday qilib, "Rostov" forvardi O'zbekiston terma jamoasining hozirgi paytdagi eng qimmat futbolchisiga aylandi.


2016 yil 15 aprel. "Bunyodkor" - 375 ming evro

2016 yil 26 iyun. "Bunyodkor" - 400 ming evro

2016 yil 30 noyabr. "Bunyodkor" - 600 ming evro

2017 yil 15 iyul. "Rostov" - 750 ming evro

2017 yil 23 dekabr. "Rostov" - 600 ming evro

2018 yil 6 iyun. "Rostov" - 700 ming evro

2018 yil 20 dekabr. "Rostov" - 900 ming evro

2019 yil 22 fevral. "Rostov" - 1 million evro

2019 yil 14 iyun. "Rostov" - 1,5 million evro

2019 yil 10 sentyabr. "Rostov" - 2,5 million evro

2019 yil 23 dekabr. "Rostov" - 6,5 million evro



AlisherMuallif
Manba: transfermarkt.com