Transferlar oynasi: "Andijon" 7 nafar futbolchi bilan tarkibni kuchaytirdi

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2018, 18:35
Transferlar oynasi yopilishining so'nggi kunida "Andijon" jamoasi bir necha nafar yangi futbolchini Pro-liga hamda O'zbekiston kubogi bahslarida maydonga tushish uchun ro'yxatdan o'tkazdi.

Endilikda mahoratli darvozabon Nikita Ribkin, himoyachi Farhod Mirahmatov, yarim himoyachi Nodirxon Kamolov, hujumchi Qadamboy Nurmetov hamda "So'g'diyona"da o'ynagan yarim himoyachi Doniyor Hasanov "Andijon" jamoasi sharafini himoya qilishadigan bo'ldi.

Shuningdek, "Nasaf" jamoasidan Elbek Otaqulov mavsum so'nggiga qadar ijaraga olindi. Shuningdek, "Lokomotiv" jamoasida ijara asosida o'ynagan Farhod Bekmurotov jamoaga qaytarildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz