Transfer dedlayni: "Liverpul" Gexini ham sotib olmoqda

Sherzod Nurmatov
1 sen 2025
"Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexi "Liverpul" futbolchisiga aylanadi.

Angliya chempioni markaziy himoyachi uchun 35 million funt (40 million evro) to'lagan. Bundan tashqari, "Kristal Pelas" kelajakda o'yinchini qayta sotishdan 10% oladi.

25 yoshli Gexi – Angliya terma jamoasi futbolchisi. U "Chelsi" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 

Gexi "Pelas" libosida 161 o'yin o'tkazib, Angliya Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritgan. 

Shunday qilib, "Liverpul" yozgi transferlar uchun rekord darajadagi 530 million evro sarfladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano