

Bu haqda "Politico" yozmoqda.
Oq uyning turnir bo'yicha maxsus guruhi rahbari Endryu Juliani Eron terma jamoasi 10 iyunga qadar AQSHga yetib kelishi kutilayotganini aytdi. Jamoa qarorgohi Arizona shtatining Tuson shahrida bo'ladi, so'ngra Los-Anjelesga Yangi Zelandiya va Belgiyaga qarshi o'yinlar uchun, keyin esa Misrga qarshi o'yin uchun Sietlga yo'l oladi.
Shuningdek, Julianining ma'lum qilishicha, uning maxsus guruhi Jahon chempionati boshlanishidan oldin Eron va Puerto-Riko o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etishni rejalashtirgan.



