To'xtaxo'jaev va Tursunov yubiley va bir qator futbolchilar debyut ostonasida

Narzulla Saydullayev
6 sen 2013, 14:41
Bugun Ammanda kechadigan o'yin nafaqat milliy terma jamoamiz uchun muhim, balki futbolchilarimiz uchun ham alohida ahamiyat kasb etishini aytib o'tish kerak.
Boisi ikki nafar o'yinchimiz milliy terma jamoadagi yubiley uchrashuvini o'tkazishga yaqin turibdi. Gap shundaki, himoyachi Islom To'xtaxo'jaev va yarim himoyachi Sanjar Tursunovning shaxsiy statistikasiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, ularni bungacha milliy jamoamiz safida 29ta o'yinda ishtirok etganini ko'rish mumkin. Demak, bugun katta extimol bilan Iordaniyaga qarshi kechadigan bahsda bu futbolchilar o'zlarining 30-yubiley uchrashuvlarini o'tkazishi mumkin.  

To'xtaxo'jaev shu kungacha 29 ta o'yin o'tkazib, 2271 daqiqa milliy terma jamoamiz manfaati uchun maydonda javlon urgan bo'lsa, Tursunov 29ta o'yinda 1871 daqiqa harakat qilgan va 5 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol etishni uddalagan.

Shuningdek bugungi o'yin Aleksandr Lobanov, Eldor Suyunov, Dilshod Jabborov, Vladimir Kozak, Jamshid Iskanderov, Egor Krimec hamda Igor Sergeev kabi futbolchilarimiz uchun ham muhim o'rin tutadi. Sababi milliy terma jamoamizning Ammanga yo'l olgan delegaciya tarkibida bo'lgan ushbu hamyurtlarimiz Iordaniya bilan bo'lajak o'yinda milliy termamiz libosidagi debyut uchrashuvini o'tkazishi kutilmoqda.

Futbolchilarimizga Iordaniya bilan o'yinda omad tilagan xolda, ularning har biri uchun debyut muvaffaqiyatli yakun topishini tilab qolamiz.

Islombek Rustambekov 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia