Totti va Toni Prandellining kengaytirilgan ro'yxatidan o'rin olmadi

Narzulla Saydullayev
12 apr 2014, 10:59
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Chezare Prandelli keyingi haftada jismoniy tayyorgarlik bo'yicha test topshiradigan 42 nafar futbolchi nomini e'lon qildi, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport nashri.
Yozda Braziliyada bo'lib o'tadigan mundialda aynan shu ro'yxatda bor bo'lgan futbolchilarning 23 nafari ishtirok etadi.

Birinchi guruh:
Darvozabonlar – Bardi ("Livorno"), Mirante ("Parma"), Perin ("Jenoa");
Himoyachilar – Astori ("Kalyari"), Darmian ("Torino"), De Silvestri ("Sampdoriya"), Paletta ("Parma"), Paskual ("Fiorentina"), Ranokkya ("Inter");
Yarim himoyachilar – Bertolachchi ("Jenoa"), Bonaventura ("Atalanta"), Kandreva ("Lacio"), De Rossi ("Roma"), Akvilani ("Fiorentina"), Bazelli ("Atalanta"), Bernardeski ("Krotone");
Hujumchilar– Rossi ("Fiorentina"), Florenci ("Roma"), Cherchi ("Torino"), Gabbyadini ("Sampdoriya"), Jilardino ("Jenoa"), Parolo ("Parma"), Romulo ("Verona"), Berardi ("Sassuolo"), Kassano ("Parma"), Immobile ("Torino"), Insine ("Napoli"), Zaza ("Sassuolo").

Ikkinchi guruh:
Darvozabonlar – Buffon ("Yuventus"), Skuffe ("Udineze");
Himoyachilar– Abate ("Milan"), Barcali, Bonuchchi, Kellini (barchasi– "Yuventus"), De Shilo ("Milan");
Yarim himoyachilar - Pirlo, Markizio (ikkisi- "Yuventus"), Montolivo ("Milan"), Poli ("Milan");
Hujumchilar – Balotelli, El-Shaaravi (ikkisi-"Milan"), Osvaldo ("Yuventus").

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net