"Tottenxem" - yozda futbolchi sotib olmagan APLning birinchi klubi

Aslanov Jasurbek
10 avg 2018, 11:10
"Tottenxem" Angliya Premer-ligasi tarixiga kirdi.

"Shporlar" yozgi transfer oynasida futbolchi xarid qilmagan Angliya chempionatining birinchi klubiga aylandi.

Ushbu natija 2003 yildan hisoblanmoqda, chunki o'sha yili barcha Yevropa futbol ligalari uchun UEFA tomonidan transfer oynasining yagona formati qabul qilingan.

Angliyada transfer oynasi kecha, 9 avgust kuni yopildi.

"Tottenxem" bosh murabbiyi xaridlar yo'qligiga izoh berdi.

"Agar tarkibni kuchaytiradigan futbolchi ololmasangiz, eng asosiysi - sizda bor eng yaxshi o'yinchilardan ayrilmaslik. Klub kuchli futbolchilarni saqlab qolib, katta ish bajardi" - deydi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail