

"Hujum chizig'ini kuchaytirish uchun bir qancha variantlarni ko'rib chiqmoqdamiz. Transfer oynasi yopilguncha yana bir hujumchini o'z safimizga qo'shib olamiz. Bizga o'yin tizginini o'z qo'liga olib, vaziyatni o'zgartirib yubora oladigan hujumchi kerak. Bazida bir hujumchi bilan o'ynaymiz, bazida esa ikki nafar hujumchi asosiy tarkibda tushadi", - deydi murabbiy.
Avvalroq, londonliklar Moskvaning "Dinamo" jamoasi hujumchisi Aleksandr Kokoringa qiziqish bildirayotganliklari haqida xabarlar tarqalgandi.



