"Tottenxem" "Vulverxempton" hujumchisiga davogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2026
"indykaila News"ning xabar berishicha, "Tottenxem" "Vulverxempton" hujumchisi Yyorgen Strann Larsenni safiga qo'shib olmoqchi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, "Vulverxempton" futbolchini yozda sotish variantlarini ko'rib chiqishga tayyor.

Larsen jamoa safida 2025 yilning yozidan beri o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 21 o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 40 mln evro deb baholamoqda.

"Vulverxempton" APLda 21 o'yindan keyin 7 ochko bilan turnir jadvalining so'nggi pog'onasidan joy olgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: indykaila News