"Tottenxem" va K-Liga terma jamoasi o'rtasidagi o'yinda 9 ta gol urildi

Оқил Абдубарноев
13 iyul 2022, 19:05
Mavsumlar oralig'idagi tanaffusda bir qator o'rtoqlik o'yinlari o'tkazilmoqda.

Janubiy Koreyada mamlakat chempionat futbolchilaridan iborat terma jamoa Angliyaning "Tottenxem" klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazdi. Mazkur o'yinda darvozalarga jami 9 ta to'p kiritildi. Birinchi bo'limda jamoalar tengma-teng va ehtiyotkor o'yin namoyish etishdi va bu natijada ham aks etdi - 1:1. Biroq ikkinchi bo'lim tamomila ochiq o'yin tarzida bo'lib o'tdi hamda gollar shousiga aylandi. Yakuniy hisob - 3:6. E'tiborlisi, "shporlar"ning koreyalik hujumchisi Son Xyon Min ushbu bahsda dubl qayd etdi.

Seul, Yujnaya Koreya

K-Liga terma jamoasi – "Tottenxem" – 3:6 (1:1)

Gollar: 0:1 – Dayer (30), 1:1 – Cho (45), 1:2 – Chjin (47, avtogol), 2:2 – Veldveyk (52), 2:3 – Keyn (54), 2:4 – Son (68, penalti), 3:4 – Amano (71), 3:5 – Keyn (75), 3:6 – Son (85).

"Tottenxem": Ostin, Royal, Romero, Dayer, Sanches, Sessenon, Bentankur, Skipp, Moura, Xil, Risharlison.



O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia