"Tottenxem" Shkrinyar bilan shartnoma imzolash uchun kurashga qo'shildi

Alisher
25 iyul 2022, 17:17
"Tottenxem" "Inter" himoyachisi Milan Shkrinyar bilan shartnoma imzolamoqchi.

"Shporlar" italyan klubiga 27 yoshli futbolchini sotishga ko'ndirish uchun 65 million evro atrofida taklif qilishlari kerak.

Shkrinyar o'tgan mavsum "Inter" tarkibida 48ta o'yinda 4ta gol urdi.

Himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport Witness