"Tottenxem" rahbariyati Kontening kelajagini bugun tunda hal qiladi

Administrator
22 mar 2023
Murabbiyning jamoani tark etishi oydinlashib bormoqda.

"Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte klubdan kyetishga yaqin. Sky Sports nashrining ma'lum qilishicha, bugun, 22 mart kuni tunda London klubi rahbariyati murabbiyning kelajagi borasidagi qarorni qabul qiladi. 

"Shporlar" futbolchilaridan birining agenti ismi sir qolishini istagan holda, Kontening kyetishi deyarli aniq bo'lganini, u barcha futbolchilar bilan qo'pol muomalada bo'layotganini ma'lum qilgan. Murabbiyning bu harakatlaridan uning kyetishi ko'pchilikka tushunarli bo'lgan. 

Ma'lumot uchun, Konte "Sautgempton"ga qarshi so'nggi daqiqalarda g'alaba boy berilgan o'yindan so'ng o'z intervyusi bilan futbolchilarni ayblab, ular "komfort zona"laridan chiqishni istamayotganlarini aytgandi. 


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sports