"Tottenxem" rahbariyati Kontening kelajagini bugun tunda hal qiladi

Administrator
22 mar 2023, 22:06
Murabbiyning jamoani tark etishi oydinlashib bormoqda.

"Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte klubdan ketishga yaqin. Sky Sports nashrining ma'lum qilishicha, bugun, 22 mart kuni tunda London klubi rahbariyati murabbiyning kelajagi borasidagi qarorni qabul qiladi. 

"Shporlar" futbolchilaridan birining agenti ismi sir qolishini istagan holda, Kontening ketishi deyarli aniq bo'lganini, u barcha futbolchilar bilan qo'pol muomalada bo'layotganini ma'lum qilgan. Murabbiyning bu harakatlaridan uning ketishi ko'pchilikka tushunarli bo'lgan. 

Ma'lumot uchun, Konte "Sautgempton"ga qarshi so'nggi daqiqalarda g'alaba boy berilgan o'yindan so'ng o'z intervyusi bilan futbolchilarni ayblab, ular "komfort zona"laridan chiqishni istamayotganlarini aytgandi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sports