"Tottenxem" qishda Keynni sotib yuborishga tayyor

Mirjalol Normatov
13 noya 2021, 01:22
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn qishda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

"ESPN" xabariga ko'ra, uning "Manchester Siti"ga o'tishi borasidagi mish-mishlar haqiqatga aylanib yubormoqda. Yozda "shaharliklar" futbolchini sotib olish uchun "Tottenxem"ga 150 million funtlik taklif bilan chiqqandi. Ammo londonliklar bunga rad javobini bergandi. Qayd etilishicha, London klubi ushbu summaga rozilik bergan.

Pandemiya sababli klubning byudjetiga katta zarar etgani uchun "Tottenxem" prezidenti Daniel Levi yana bir qancha futbolchilarni sotib yuborishni o'ylamoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN