"Tottenxem" Portugaliya klubi futbolchisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
12 okt 2022, 15:57
Angliya klubi "Sporting" yarim himoyachisi Manuel Ugarteni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

21 yoshli Ugarte 2021 yilning avgust oyida "Famalikan"dan 6,5 mln evro evaziga Portugaliya klubiga o'tganidan keyingi harakatlari yaxshi taassurot qoldirdi. Urugvaylik futbolchining xizmatlari hozirda taxminan 80 mln evroga baholanmoqda. Faqat bu narx "shporlar"ni biroz o'ylantirmoqda.

Ugarte ushbu mavsum Lissabon klubi tarkibida 12 ta o'yinda ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Record