Portugaliya. "Portu" kutilmaganda chempionat restartini mag'lubiyat bilan boshladi

4 iyun 2020, 03:57
Portugaliya chempionati 25-turida doirasidagi "Famalikau" - "Portu" bahsi nihoyasiga etdi.

Uchrashuv Juan Pedro Souza shogirdlarining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Shunday qilib, "Famalikau" klubi "ajdarlar"ning 7 o'yindan iborat g'alabali seriyasiga chek qo'ydi.

Hisob 2-bo'lib boshida Fabiu Martinsh tomonidan ochildi. 74-daqiqada "Portu" yarim himoyachisi Xesus Korona o'yinda muvozanatni tikladi, biroq 4 daqiqadan keyin Pedru Gonsalvesh mezbonlarga 3 ochko taqdim qilgan golni urdi.

Bu g'alabadan keyin "Famalikau" (40 ochko) musobaqa jadvalining 5-pog'onasiga ko'tarilgan bo'lsa, turnir peshqadami bo'lib turgan "Portu" (60 ochko) katta ehtimol bilan 2-o'ringa tushib ketadi. Chunki "Portu"dan atigi 1 ochko kam jamg'argan "Benfika"ning hisobida bitta zahira o'yini bor.

Portugaliya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar

Manba: championat.asia