"Tottenxem" o'ziga gol urgan va "Yuventus"ni YCHLdan chiqarib yuborgan "Ayaks" futbolchisiga qiziqmoqda

Tolibjon Qosimov
6 may 2019, 15:52
"Ayaks" yarim himoyachisi Donni van de Bek faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

"Daily Mail" nao'rining ma'lumot berishicha, 22 yoshli futbolchini "Tottenxem" kuzatmoqda. "Shporlar" unga Kristian Eriksenga o'rinbosar sifatida qarashmoqda. Daniyalik yozda jamoani tark etishi mumkin.

Gollandiyalikka "Bavariya" va "Borussiya" (Dordmund) ham qiziqish bildirmoqda.

Xabar qilinishicha, o'yinchi ingliz klubiga o'tadigan bo'lsa transfer summasi 45 million funtni tashkil etishi mumkin.


Eslatib o'tamiz, van de Bek YCHL yarim final birinchi o'yinida "Tottenxem" darvozasiga yagona g'alaba to'pini kiritgandi. Bundan tashqari, aynan Donni Chempionlar ligasi chorak finali javob uchrashuvida Turinda "Yuventus" darvozasiga gol urgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Daily Mail