"Tottenxem" o'z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirishga yaqin

Mirjalol Normatov
11 iyul 2025
"Tottenxem" "Nottingem"dan Morgan Gibbs-Uaytni sotib oladi.

"The Telegraph" ma'lumotiga ko'ra, "shporlar" futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan 60 million funtlik tovon pulini to'lashga rozilik bildirgan. Bunday holatda u "Tottenxem" tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi. Oldinroq klub "Vest Xem"dan Muhammad Kudusni sotib olishi orqali bu reytingdagi 2-o'rinni yangilab qo'yishi aytilgandi.

25 yoshli yarim himoyachi ertaga, juma kunidayoq "Tottenxem" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Gibbs-Uayt o'tgan mavsum APLda 34 o'yinda qatnashib, 7 gol va 8 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph