"Tottenxem" o'z o'yinchisini "Valensiya"ga ijaraga berishdan bosh tortdi

Alisher
11 yanv 2021, 14:37
"Tottenxem" "Valensiya"ning yarim himoyachi Xarri Uinks borasida bergan taklifini rad etdi.

"Ko'rshapalaklar" 24 yoshli yarim himoyachini mavsum so'nggiga qadar ijaraga olishmoqchi edi, ammo "shporlar" uni qo'yib yuborishmadi.

"Tottenxem"ning rad javobiga qaramasdan "Valensiya" o'yinchi uchun yana bir yaxshilangan taklif tayyorlamoqda. Futbolchi bilan ishlashni klub ustozi Xavi Grasiya juda ham xohlamoqda.

Uinks joriy mavsum barcha musobaqalarda 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail