"Tottenxem" "Lill" futbolchisi uchun kurashga qo'shilishga tayyor

Alisher
27 fev 2022, 15:43
"Tottenxem" "Lill" himoyachisi Sven Botmanga qiziqmoqda.

"Shporlar" 22 yoshli niderlandiyalik uchun yozgi transfer oynasida "Nyukasl" va "Milan" bilan kurashishga tayyor.

"Lill" futbolchi bilan 30 million evro evaziga xayrlashishga tayyor.

Botman 2021/22 yilgi mavsum "Lill" safida 24ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Star