"Tottenxem" Kulushevski uchun 30 mln evro to'laydi

Alisher
5 apr 2022
Londonning "Tottenxem" klubi bosslari ushbu yozda Yuventus"dan ijaraga olingan yarim himoyachi Deyan Kulushevskini xarid qilish bandini faollashtirishmoqchi.

21 yoshli shvetsiyalik futbolchining ijara muddati 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, "Tottenxem" rahbarlari o'yinchining xarid qilish huquqini mavsumlar oralig'idayoq faollashtirishga tayyorlar.

"Shporlar" Kulushevski uchun "Yuventus"ga 30 million evro atrofida to'lashadi.

Eslatib o'tamiz, Kulushevski joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail