"Tottenxem" Keynning minimal narxini ma'lum qildi

Alisher
18 fev 2021, 15:43
Londonning "Tottenxem" klubi rahbariyati forvard Xarri Keynning sotuvini ko'rib chiqishga tayyor.

Poytaxt klubi 27 yoshli to'purarning narxi 170 million evrodan boshlanadi deb hisoblamoqda.

Futbolchi uchun da'vogarlar "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" klublari hisoblanadi.

Keyn joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 11ta assist qayd etdi. Uning London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail