"Tottenxem" Keynni APLning boshqa klubiga qo'yib yubormaydi

Administrator
31 may 2023, 22:13
MYU yozda futbolchini sotib olishga urinib ko'radi, ammo "Tottenxem" bu taklifni rad etadigan ko'rinadi.

"Tottenxem" klubi prezidenti Deniel Levi Xarri Keynni APL klublariga sotmaydi. "Manchester Yunayted" klubi yozda Keynni sotib olish uchun London klubiga taklif jo'natishni reja qilgan. Biroq, "shporlar" prezidenti bu taklifni transfer summasidan qatiy nazar rad etadi.

"Tottenxem" hali ham Keynni klubda saqlab qolishni maqsad qilgan, ammo xorijdan takliflar bo'lsa, uni ko'rib chiqishga tayyor. Oldinroq, "Real Madrid" klubi Keynga qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingandi. "Real" Benzema klubni tark etgan taqdirda, Xarri Keynni sotib olishni reja qilgan.

Ma'lumot uchun, Keynning "Tottenxem" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar davom etadi. Futbolchi ushbu mavsum APLda 38 uchrashuvda maydonga tushib, 30 ta gol kiritishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Evening Standard