"Tottenxem" Gattuzoga qiziqmoqda

Alisher
21 may 2021, 10:41
"Tottenxem" bosh murabbiylik uchun da'vogarlar ro'yxatiga Jennaro Gattuzoni qo'shishdi.

"Shporlar" prezidenti Deniel Levi "Napoli"ning ko'plab o'yinlarini kuzatdi, shuningdek Gattuzoning ishini ham diqqat bilan o'rgandi.

Unga neapolliklarning o'yinlari yoqdi, "Milan" va "Roma"ga qarshi o'yinlarda esa jamoaning g'oyalari unga manzur keldi.

Gattuzoning "Napoli" bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan, shu sabab "Tottenxem" u bilan cheklovlarsiz shartnoma imzolashi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: CalcioNapoli24