"Tottenxem" futbolchisi "Stok Siti"ga o'tdi

Aslanov Jasurbek
29 avg 2017, 14:09
"Tottenxem"ning "Tvitter" ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasida, "shporlar" futbolchisi Angliya Premer-ligasining boshqa klubiga o'tishi haqida xabar paydo bo'ldi.

Gap 24 yoshli himoyachi Kevin Vimmer haqida ketmoqda. 2015 yilda "Tottenxem"ga o'tgan Vimmer faoliyatini "Stok Siti"da davom ettiradi. "Kulollar" bergan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi va klub o'rtasidagi bitim 5 yilga mo'ljallangan. Transfer 18 mln. funt evaziga amalga oshdi.

"Biz Kevin Vimmer borasida "Stok Siti" kelishuvga erishdik. Kevinga barcha yaxshi niyatlarimizni tilaymiz" - deyiladi "Tottenxem" "Tvitteri"dagi xabarda.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia