"Tottenxem" futbolchilari Mourinyuning iste'fosini xohlaganmi?

Sherzod Nurmatov
21 apr 2021, 22:28
"Tottenxem" sobiq ustozi Joze Mourinyu futbolchilarning istaklari tufayli o'z lavozimidan bo'shatilgan bo'lishi mumkin.

Manbaga ko'ra, so'nggi bir necha hafta ichida "shporlar" futbolchilari mutaxassisning iste'fosini tezlashtirishga harakat qilishdi va yakunda o'z maqsadlariga erishdilar.

Qayd etilishicha, futbolchilar Mourinyuning psixologik yondashuvlaridan charchay boshlashgan. Bundan tashqari, Alli, Ndombele va Beyl navbat bilan jamoaning natijalarida aybdor qilingan, klub yulduzlari bilan kelishmovchiliklar tez-tez yuz berib turgan. 

Jamoa o'yinining yomonlashishi va amalda Chempionlar Ligasiga kirish imkoniyatining yo'qotilishi jamoadagi muhitni buzgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Times