"Tottenxem" Enrike uchun "Chelsi" bilan kurashishiga to'g'ri keladi

Aslanov Jasurbek
18 apr 2023, 00:50
"Tottenxem" Luis Enrikeni bosh murabbiy etib tayinlash haqida o'ylamoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, londonliklar ispaniyalik mutaxassis bilan bog'lanib, u uchun "Chelsi" bilan kurashishga tayyor.

Oldinroq, "ko'klar" "Barselona" sobiq ustozi bilan muzokaralarni boshlagani aytilgan edi. "Tottenxem" iloji boricha tezroq taklif yuborishga tayyorlanmoqda.

Biroq Enrike - "shporlar"ning asosiy maqsadi deyish uchun sabablar yo'q.

Klub rahbariyati Maurisio Pochettinoni qaytarishi ham mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph