
“O'yin biz uchun yaxshi bo'lmadi, chunki Marko van Ginkela tizzasidan jarohat oldi. Buni gapirishga hali ertadir, lekin uning jarohati engilga o'xshamayapti. Chorshanba kuni u tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi.
Markoning o'rnika tushgan Ramires ham jarohat oldi va maydonni erta tark etishga majbur bo'ldi. Ramires o'yinni davom ettirishga harakat qildi, biroq jarohat unga noqulaylik tug'dirdi va o'yinni davom ettirishga yo'l qo'ymadi.
Ramiresning “Tottenxem”ga qarshi o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida turibdi”, - deydi Xolland.
Eslatib o'tamiz, “Tottenxem” – “Chelsi” bahsi 28 sentyabrda Toshkent vaqti bilan 16:45 da boshlanadi.