

Rottyerdam klubi rasmiy sayti xabariga ko'ra, Arne Slot 2026 yilning yoziga qadar "Feyenoord" bosh murabbiyi bo'lib qoladi. 44 yoshli mutaxassis shartnomani uzaytirdi.
Eslatib o'tamiz, Arne Slot "Tottenxem" bosh murabbiyi lavozimiga asosiy da'vogarlardan biri sanalardi. Londonliklar niderlandiyalikning shaxsiga qiziqish bildirishdi. Negaki, Arne Slot ushbu mavsum "Feyenoord"ni liga chempionligiga olib keldi, o'tgan yili esa Konferenciya Ligasi finaliga olib chiqqan edi.



