"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ishtirokidagi matbuot anjumani

1 iyun 2019, 19:20
London klubi ustozi Chempionlar ligasi "Liverpul"ga qarshi final o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bugungi o'yindagi eng muhim narsa bu - erkinlik. Siz ko'rgansiz, 7,8 va 9 yoshdagi bolalar singari erkin bo'lib o'ynash juda ahamiyatli. Ushbu bahsda sizni milliard odamlar ko'rayotganini o'ylamaslik kerak. Bu narsa g'alabaning kaliti hisoblanadi. Maydonda o'ynash, yugurish, hamma jamoa a'zolari bir-biriga yordam berib, yaxshi aloqada bo'lishi zarur. Chunki, "Liverpul" albatta ko'plab yaxshi sifatlarga ega buyuk jamoa. Ular jang qilishga tayyor. Lekin, biz harakat qilamiz. Umid qilamizki, eng yaxshi jamoa g'alaba qozonadi va bu "Tottenxem" klubi bo'ladi.

10 oy orqaga qaytish ajoyib albatta. O'shanda mavsum oldi tayyorgarlikni boshlagan hamda bir kuni shu yerda bo'lishimizga ishongandik va oradan 10 oy o'tib biz shu yerdamiz" - deydi Pochettino.


Shuningdek, jurnalistlardan biri Pochettinoga "Ciz vazn yo'qotgansiz, bu rostmi" qabilida hazilomuz savol bilan murojaat qildi. Bunga javoban argentinalik mutaxassis biroz ajablanib, keyin hazil tariqasida o'rnidan turib ozg'in emasligini, har doimgidek ekanligini namoyish etdi.


O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com