"Tottenxem" Boateng uchun kurashda "Roma"ga yutqazdi

Alisher
8 iyul 2021
"Bavariya" sobiq himoyachisi Jerom Boateng tez orada o'ziga yangi klub topishi mumkin.

32 yoshli germaniyalik futbolchi ayni damda erkin agent maqomida yuribdi, ammo unga hozirda ikki davogar chiqdi.

Futbolchi uchun "Tottenxem" va "Roma" kurashmoqda, ammo o'yinchining o'zi yangi jamoasini aniqlab oldi. Boateng "bo'rilar" bosh murabbiyi Joze Mourinyu bilan suhbatdan so'ng Italiyaga yo'l olishga qaror qildi.

Futbolchi o'tgan mavsum Bundesliga doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Sun