"Tottenxem" "Bavariya" qiziqayotgan darvozabonni transfer qilmoqchi

Alisher
27 noya 2019, 12:33
Londonning "Tottenxem" jamoasi rahbariyati darvozabon qidirish harakatiga tushgan.

Yevropadagi ishonchli manbalarning xabariga ko'ra, ingliz klubi Gelzenkirxenning "Shalke" jamoasi darvozaboni Aleksandr Nyubelga qiziqish bildirmoqda.

Qayd etish kerakki, darvozabonning klubi bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U qishdayoq boshqa klub bilan muzokaralar boshlashi mumkin.

Nyubel joriy mavsum Bundesligada 12ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol o'tkazib yuborgan.

Eslatib o'tamiz, oldinroq posbonga "Bavariya" jiddiy qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Talksport