“Tottenxem” 55 yil ichida ilk bor “Chelsi”ni ketma-ket 3 ta o'yinda mag'lub etdi

9 yanv 2019, 09:55
Angliya liga kubogi yarim finalida “Tottenxem” “Chelsi”ni 1:0 hisobida taslim qildi.

“Shporlar” bungacha “aristokratlar”ni APL doirasida ketma-ket bir xil - 3:1 hisobida 2 marta mag'lub etgandi.

Avvalroq bunday natijani “Tottenxem” 1961-1963 yillarda qayd etgandi. O'shanda klub “Chelsi”ni ketma-ket 5 ta o'yinda mag'lubiyatga uchratgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta