"Tottenxem" 40 mln funt evaziga yarim himoyachi sotib oldi

Sherzod Nurmatov
2 iyul 2024, 23:33
Futbolchi faoliyatini London klubida davom ettiradi.

"Tottenxem" "Lids" yarim himoyachisi Archi Grey bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Tomonlar 2030 yilning iyuniga qadar shartnoma imzoladilar.

Transfermarkt portali xabariga ko'ra, "shporlar" futbolchi uchun 40 mln funt to'laydi.

Grey – "Lids" tarbiyalanuvchisi. 18 yoshli xavbek o'tgan mavsum Chempionshipda 47 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC Sport