

20 yoshli fransiyalik hujumchi bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolandi.
Avvalroq, "Tottenhem" fransiyalik futbolchini "Bavariya"dan 35 million evroga sotib olishi ma'lum bo'lgandi. Myunxenliklar forvard ijarasi uchun allaqachon 10 mln olgan.
Tel o'tgan mavsum "Tottenhem" safida APLda 13 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Hozirda u Fransiya terma jamoasi safida Evro U-21da ishtirok etmoqda.



