"Tottenxem" 20 yoshli iqtidorni nishonga oldi

Alisher
30 mar 2025
"Ayntraxt" markaziy yarim himoyachisi Xugo Larsson Londonning "Tottenxem" klubi ro'yxatida bor.

Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Tottenxem" 20 yoshli shvetsiyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgan Angliya Premer-ligasining ko'plab klublaridan biri xolos.

Takidlanishicha, transfer qiymati 60 million evro atrofida bo'lishi mumkin. Larsson joriy mavsumda barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Xavbekning "Ayntraxt" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 40 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal