Toshkentda xotira kuniga bag'ishlangan bolalar turniri o'tkazildi FOTO

Aziz Tukhtamuradov
10 may 2017, 13:29
Toshkentdagi "Chig'atoy" stadionida 2009 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida "Xotira kuni"ga bag'ishlangan turnir bo'lib o'tdi.


8 may kunlari boshlangan turnir 9 may kuni yakuniga etdi.

Xal qiluvchi o'yinlarda "JFL-Tashkent", "Spartak-1, "Spartak-2" va "FSO" bolalar futbol klubi jamoalari ishtirok etdilar.

Turnir yakunlariga ko'ra "Spartak-1" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin esa "FSO" ga nasib qilgan bo'lsa, uchinchi o'rinni birvarakayiga "JFL-Tashkent", va "Spartak-2" jamoalari egalladilar.

Musobaqa yakunida bolakaylarga homiylar tomonidan tayyorlangan sovg'alar topshirildi. Yopilish marosimiga sobiq futbolchi Islom Ahmedov tashrif buyurdi.

Turnir final kunidan olingan suratlarni FOTOGALEREYA orqali tomosha qilishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia