Toshkent derbisida debyutant referi ishlaydi

25 noya 2021, 17:02
Superliganing yakuniy tur bahslarida ishlaydigan referilar ro'yxati e'lon qilindi.

Unga ko'ra, 27 noyabr kuni o'tkaziladigan "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvini quyidagi hakamlar boshqaradi.

Coca-Cola Superliga. 26-tur

27 noyabr, shanba

BUNYODKOR – PAXTAKOR

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Shohnur Yo'ldashev, Hasan Nabiev, Doston Rahmonov

Nazoratchi: Igor Nexochin

Komissar: Alisher Fayziev

Ma'lumot uchun, 30 yoshli bosh hakam Sultonmurod Abdurahmonov uchun mazkur o'yin Superligadagi birinchisi bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Toshkent klublarining 25-tur doirasidagi to'qnashuvida ("Loko" 0:3 "Paxtakor") 1993 yilda tug'ilgan Doston Mirzaraimov Superligadagi debyutini nishonlagan edi.

Hakamlikda avlodlar almashinuvi jarayoni davom etayotganidan xabardorsiz. Shu boisdan yuqorida aytilgan referilarni Superliganing kelasi mavsumida ko'proq ko'rsak, ajab emas.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia