To'rtta top-klub Varan uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
11 fev 2021, 13:40
Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Rafael Varan ko'plab Yevropa top-klublarining transfer maqsadi hisoblanadi.

Fransiyalik futbolchi uchun yangi da'vogar Turinning "Yuventus" klubidir. Himoyachining xizmatlariga shuningdek "Chelsi", PSJ va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda.

"Qirollik klubi" Rafael bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Varan joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi. U "Real" sharafini 2011 yildan beri himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttojuve