

Men hech qayerda futbolni tugatdim demadim. Hali futbol o'ynash niyatim bor, hali katta futbolga qaytish imkoniyatim etarli deb o'ylayman. Adolatsizlik qurboni o'ldim. Men hali ham Yuventus futbolchisiman, ular bilan shartnomam bor. Men hali ular bilan gaplashmadim, ular meni apellaciyani kutishmoqda, - dedi Pol Pogba.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning avgust oyida Fransiyalik yarim himoyachi doping-testdan o'ta olmagandi. 29 fevral kuni antidoping agentligi futbolchini 4 yilga diskvalifikaciya qilish qarorini tasdiqladi.



