Torres: “Liverpul”ning CHLga qaytgani yaxshi bo'ldi”

Aslanov Jasurbek
3 avg 2017, 22:40
“Atletiko” hujumchisi Fernando Torres “Liverpul”ning Yevropa chempionlari ligasi musobaqasiga qaytganidan xursand.

“Bu barcha uchun yaxshi holat. O'ylaymanki, ular musobaqaning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib, guruh bosqichiga yo'l olishadi”, deydi Torres.

Eslatib o'tamiz, kuni kecha “Atletiko” va “Liverpul” Audi Kap musobaqasining final uchrashuvida o'zaro kuch sinashishdi. Unda o'yindan keyingi penaltilar seriyasida madridliklar g'alaba qozonishdi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Чемпионлар лигаси твиттери