"Torpedo" RPLning 7 o'yinida 1 ochko jamg'ardi

Оқил Абдубарноев
28 avg 2022
"Torpedo" mavsumning dastlabki 7 o'yinida 6 mag'lubiyat va 1 durang qayd etdi.

Moskva jamoasi RPLning 7-tur uchrashuvida "Krasnodar"ga imkoniyatni boy berdi (1:4).

Klub ayni damda Rossiya chempionati turnir jadvalida 15-o'rinda bormoqda.

“Torpedo” mavsumni bosh murabbiy Aleksandr Borodyuk bilan boshladi. Uning iste'fosidan so'ng jamoani Nikolay Savichev egalladi.

Eslatib o'tamiz, ushbu jamoada o'zbekistonlik futbolchi Hojimat Erkinov to'p tepadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia